Barcha maqolalar

Sayt yaratish xizmati: narxlar va buyurtma berish jarayoni

O'zbekistonda biznes uchun sayt yaratish xizmati haqida qo'llanma. Narxlar, sayt turlari va to'g'ri tanlov qilish bo'yicha tavsiyalar.

6 daqiqa o'qish

O'zbekistonda biznes uchun sayt yaratish xizmati yildan-yilga ko'proq talab qilinmoqda. Lekin ko'pchilik tadbirkorlar bir xil savollarga duch keladi: Sayt qilish qancha turadi? Nima uchun narxlar bunchalik farq qiladi? Arzon va qimmat sayt o'rtasida qanday farq bor?

Bu maqolada aynan shu savollarga aniq javob beramiz — KATOV tajribasi asosida.

O'zbekiston, 2025-yil

89%
Aholi internetda32.7 mln kishi onlayn
18%
Biznesda sayt bor471 000+ korxonadan

Manba: DataReportal, Stat.uz, UNDP

Potensial mijozlaringiz sizni Google'da qidirmoqda. Lekin saytingiz bo'lmasa, qanday qilib sizni topishsin? "Instagram borku" deysizmi? Lekin Google natijalarida Instagram sahifangiz emas — raqobatchingizning sayti chiqadi.

Sayt yaratish narxi nimaga bog'liq?

Sayt narxi bitta raqam emas. U bir nechta omilga qarab shakllanadi.

Saytning maqsadi aniq bo'lishi kerak

"Shunchaki sayt bo'lsin" degan yondashuv natija bermayapti. Sayt ishlab chiqishdan oldin saytning asosiy maqsadini aniq bilish kerak:

  • Mijozlar oqimini ko'paytirish
  • Biznesni avtomatlashtirish
  • Raqamli platforma qurish

Maqsad aniq bo'lmasa, na narxni to'g'ri baholash mumkin, na kutuvlarni to'g'ri qo'yish. Shu sababli biz har bir loyihani dizayn yoki texnologiyadan emas, avvalo aniq maqsadni belgilashdan boshlaymiz.

Sayt asosan biznesdagi qaysi muammolarni yechadi?

MuammoYechim
Mijoz topish faqat tanish-bilish va reklamagagina bog'liqSayt sizga mustaqil ravishda, o'zi ishlaydigan mijoz manbai bo'lib beradi
Odamlar sizni jiddiy qabul qilmaydiSayt biznesingizni ishonchli va professional ko'rsatadi
Har bir mijoz bilan hammasini boshidan tushuntirishga to'g'ri keladiSayt xizmatlaringizni oldindan tushuntirib beradi, siz faqat tayyor mijoz bilan gaplashasiz
Qaysi yo'nalish foyda keltiryapti, qaysisi yo'q — aniq emasSayt orqali qaysi xizmat yoki kanal real natija berayotganini ko'rasiz
Biznes jarayonlaringiz tizimli emasSayt jarayonlarni tartibga solib, ishni yengillashtiradi

Agar biznesingizdagi muammoga sayt orqali yechim olmoqchi bo'lsangiz: +998 33 888 01 33 raqamiga bog'laning — sizga eng to'g'ri yechimni taklif qilamiz.

Narx nimalarga bog'liq?

Sayt narxini bino qurishga o'xshating — har bir qavat qo'shilgan sari qiymat oshadi:

OmilDarajaOddiy → Murakkab
Maqsad●●●●●Vizitka → Platforma
Dizayn●●●●○Shablon → Premium
Funksional●●●●○Statik → CRM
Sahifalar●●●○○1–3 → Cheksiz
Integratsiya●●●○○Yo'q → API
SEO●●○○○Asosiy → Maksimal
Kontent●●○○○O'zi → Pro
Qo'llab-quvvatlash●○○○○Yo'q → Doimiy

Xulosa oddiy: maqsad qanchalik katta bo'lsa — sayt ham shunchalik murakkab va narxi ham yuqori. Lekin to'g'ri investitsiya albatta o'zini oqlaydi.

Sayt turlari va narxlar

KATOV uchta asosiy tarif bo'yicha ishlaydi. Har biri aniq biznes ehtiyojiga mo'ljallangan:

Tariflarni solishtirish

MinimalStandartIndividual
Narx$270+$870+$1700+
Sahifalar1–35–1010+
DizaynO'rtaIndividualPremium
Admin panel✓ (kengaytirilgan)
Telegram bot
AnalitikaAsosiyBatafsilKengaytirilgan
SEOAsosiyTo'liqMaksimal
Muddat7–10 kun14–21 kun30–60 kun
Kim uchun?Kichik bizneslarO'suvchi bizneslarKatta kompaniyalar

Minimal — $270+

Sotuvga yo'naltirilgan 2–5 sahifali website. Zapusk, landing yoki oddiy vizitka sayt qilmoqchi bo'lganlar uchun.

Nimalar kiradi:

  • Mijoz olib kelishga yo'naltirilgan conversion sahifa
  • Kuchli taklif (offer) va aniq CTA tuzilmasi
  • Lead yig'ish tizimi (forma yoki Telegram orqali)
  • Asosiy SEO sozlamalari va sayt tezligini optimizatsiya
  • Analytics: trafik va leadlarni o'lchash

Standart — $870+

Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va foydalanuvchilarni tahlil qilish uchun. O'sishga tayyor bizneslar uchun qulay yechim.

Nimalar kiradi:

  • Kuchli biznes sahifa
  • Lead va trafikni boshqarish uchun admin panel
  • Batafsil analitika va tushunarli hisobotlar
  • Marketing voronkasi asosida tuzilgan logika
  • Telegram bot integratsiyasi
  • Avtomatik javoblar va bildirishnomalar

Individual — $1700+

Katta maqsadli bizneslar va texnologik startaplar uchun. Noldan quriladigan platforma — faqat bugun uchun emas, biznes bilan birga o'sish uchun.

Nimalar kiradi:

  • To'liq moslashtirilgan website yoki web platforma
  • Kengaytirilgan analitika va mijoz yo'li (funnel)
  • Foydalanuvchilarni segmentlash va boshqarish tizimi
  • Telegram botlar va avtomatlashtirilgan ish jarayonlari
  • SEO va ishlash tezligini maksimal optimizatsiya

Siz xohlagan sayt narxi qanchaga tushishi o'ylantiryaptimi?

Tugmani bosish orqali hozirgi sahifani tark etasiz!

Nima uchun narxlar juda farq qiladi?

Bir kompaniya "200$ ga sayt qilamiz" deydi, boshqasi "2000$" deydi. Bu tabiiy holat.

Arzon va sifatli sayt: farqi nimada?

Arzon sayt ($100–200)Sifatli sayt ($500+)
AsosTayyor shablonBiznesga mos dizayn
Tezlik2–3 kun7–30 kun
NatijaShunchaki borMijoz olib keladi
SEOYo'q yoki minimalOptimizatsiya qilingan
Qo'llab-quvvatlashYo'qMavjud
Kelajakda o'sishCheklanganMoslashuvchan

Savol narxda emas. Asosiy savol — sayt o'zini oqlaydimi yoki yo'q.

Raqamlar bilan gaplashamiz

StatistikaManba
97% odamlar mahalliy bizneslarni internetdan qidiradiBrightLocal
75% foydalanuvchilar kompaniya ishonchliligini saytiga qarab baholaydiStanford Web Research
53% mobil foydalanuvchilar 3 soniyadan ko'p yuklanadigan saytni tark etadiGoogle
88% onlayn xaridorlar yomon dizayndagi saytga qaytmaydiSweor

Sayt buyurtma berishdan oldin ushbu savollarga javobingiz tayyor bo'lishi kerak:

  1. "Sayt nima uchun kerak?" — bu savolga aniq javob bo'lmasa, sayt ham noaniq chiqadi
  2. Sayt kim uchun qilinmoqda? — maqsadli auditoriyangiz kim: yoshlarmi, biznes egalarimi, tez qaror qiluvchilarmi?
  3. Sayt reklama bilan ishlaydimi? — ko'pchilik avval sayt qiladi, keyin reklama qo'shadi. Aslida sayt reklamaga moslab qilinishi kerak
  4. Keyin o'zgartirish mumkinmi? — admin panel bo'lmasa, har bir kichik o'zgarish uchun mutaxassisga murojaat qilishga to'g'ri keladi
  5. Kim natija uchun javob beradi? — faqat "sayt tayyorlab beramiz" yetarli emas. Muhimi — natija haqida gap bormi

Tavsiya: Sayt buyurtma berishdan oldin o'zingizga 1 ta savol bering: "Saytim orqali oyiga nechta mijoz olmoqchiman?" — bu javob butun loyiha yo'nalishini belgilaydi.

KATOV bilan ishlash jarayoni

KATOV da loyiha quyidagi bosqichlardan o'tadi:

BosqichNima bo'ladiMuddat
1. KonsultatsiyaBiznes va maqsadni tushunish — bepul1 kun
2. TaklifStruktura va yechim ishlab chiqish2–5 kun
3. DizaynDizayn konsepsiyasini tasdiqlash2–5 kun
4. DasturlashKod yozishLoyihaga bog'liq
5. Ishga tushirishSaytni deploy qilish1 kun
6. KuzatuvNatijani o'lchash va yaxshilashDoimiy

Agar bu bosqichlarning yarmi yo'q bo'lsa — sayt shunchaki "tayyorlangan" bo'ladi, "ishlaydigan" emas.


Biz bilan hamkorlik qilmoqchi bo'lsangiz bog'lanish sahifasiga o'tib raqamingizni qoldiring yoki +998 33 888 01 33 raqamiga qo'ng'iroq qiling.

Asosiy sahifaga o'tish →

sayt yaratish xizmativeb-sayt narxilanding pagekorporativ saytonlayn do'kon